G‘uzorda yoshlar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

G‘uzorda yoshlar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati IIB o‘rinbosari O.Yakubov, G‘uzor tumani IIB boshlig‘i M.Bo’riyev hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi raisi L.Rasulova G‘uzor tumanidagi 2-sonli texnikumda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, qonunlarga rioya qilish zarurati haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Yoshlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning savollariga javob berildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va ularni turli salbiy illatlardan asrashga xizmat qiladi.

Kanalga ulaniah👉@guzorpress