G‘uzorda sayyor sud majlisi o‘tkazildi

G‘uzorda sayyor sud majlisi o‘tkazildi

G‘uzor tumanida jinoyat ishlari bo‘yicha sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sud raisi L.Rasulova rahbarligida 1-sonli texnikumda O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblangan T.K. ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman IIB tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ham muhokama qilinib, JK 73-moddasiga asosan ayrim mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxsga nisbatan jazo turini almashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Mazkur sayyor sud majlisi yoshlar ishtirokida o‘tkazilib, ularni huquqbuzarlikdan tiyilish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda bunday holatlardan xulosa chiqarishga undash maqsadida muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.

Kanalga ulanish👉 @guzorpress