Asosiy kontentga o'tish
Bizning faxrimiz

Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ayol sudyalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-mart Farmoni bilan

Sud organlaridagi ko'p yillik samarali mehnati uchun mukofotlash:

  • «Mehnat shuhrati» ordeni Astanova Umsun
  • «Do'stlik» ordeni Balkibayeva Janagul Ismaylovna
  • «Mardlik» ordeni Rabiyeva Muxabbat Mirjalilovna
  • «Jasorat» medali Yeshnazarova Guliston, Shamsutdinova Elza
  • «Sodiq xizmatlari uchun» medali Asranova Gulnoraxon, Boltaxodjayeva Iroda
  • «Shuhrat» medali Aymaganbetova Janat, Dusmatova Mahsuda, Yulchiyeva Soxibaxon
Umsun Astanova
«Mehnat shuhrati» ordeni

Umsun Astanova

O'zbekiston sud faxriysi

Yaratganga shukur 95 yoshdaman. Bu hayotda juda ko'p yaxshi-yomon kunlarni ko'rdim...

Davlatimiz rahbarining biz ayol sudyalarga ko'rsatgan g'amxo'rliklari va e'tiborlari tufayli Vatanimizning yuksak faxriy mukofotiga sazovor bo'lganimdan boshim osmonga yetdi.

Bir voqea yodimga tushdi: ishni ko'rish jarayonida, sud maslahatxonasida ko'ylagim yirtilib ketdi. Yashirmayman, o'sha paytda ishga kiyadigan bittagina ko'ylagim bor edi. Nima qilishimni bilmay, ko'ylagimning yirtig'i ko'rinmasligi uchun oldimga fartuk taqib, sud ishini ko'rishni davom ettirganman.

Xudoga shukur, yurtimiz tinch, osuda. Hayotimiz to'kin, farovon. Bunday kunlarning qadriga yetishimiz kerak.

Shogirdlarimga bunday yuksak e'tibor va ishonchni faqat oqlashimiz kerak, deb da'vat qilaman.

Janagul Balkibayeva
«Do'stlik» ordeni

Janagul Balkibayeva

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi

So'zini o'qish

Bugungi kunda O'zbekiston gender tenglikni ilgari surishda muhim yutuqlarga erishmoqda. Bu ayollar huquqlarini ta'minlash va himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirishda ham o'z aksini topmoqda.

Davlat rahbarining ayollarni qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy va davlat hayotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratishi biz, ayollar uchun katta sharaf, shu bilan birga alohida mas'uliyat yuklaydi.

Mamlakatimiz tarixida ilk bor Prezidentning alohida Farmoni bilan Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan to'qqiz nafar ayol sudya, shuningdek sud faxriysi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Biz bu mukofotlarni nafaqat shaxsiy xizmatlarimizning e'tirof etilishi, balki o'z kasbiy mahorati va fidokorona mehnati bilan sud tizimining obro'sini mustahkamlashga munosib hissa qo'shayotgan barcha ayollarning halol mehnatiga yuksak baho sifatida qabul qilamiz.

Muxabbat Rabiyeva
«Mardlik» ordeni

Muxabbat Rabiyeva

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi

So'zini o'qish

Prezident Farmoni bilan men «Mardlik» ordeni bilan taqdirlandim.

Men ushbu mukofotni shaxsiy yutug'im sifatida emas, balki jamoamizning umumiy mehnati natijasi sifatida qabul qilaman. Chunki har bir ishda jipslik, o'zaro hurmat va qo'llab-quvvatlash muhim.

Sudya faoliyati adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashda yuksak mas'uliyatni talab etadi.

Bugungi mukofot men uchun nafaqat sharaf, balki bundan keyin ham samimiy, xolisona va halol mehnat qilishga ilhom bag'ishlovchi katta ishonchdir.

«Jasorat» medali

«10 mart — Xalqaro ayol sudyalar kuni» munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyasi Guliston Yeshnazarova va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi Elza Shamsutdinova «Jasorat» medali bilan mukofotlandi.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali

Andijon viloyati sudining fuqarolik ishlari bo'yicha sudyasi Gulnoraxon Asranova va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi Iroda Boltaxodjayeva «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan mukofotlandi.

«Shuhrat» medali

Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining sudyasi Janat Aymaganbetova, Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyasi Mahsuda Dusmatova va Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sudining raisi Soxibaxon Yulchiyeva «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.

Kitob: Uch mashhur o'zbek sudyasi
Nashr

«Uch mashhur o'zbek sudyasi»

Xadicha Sulaymonova, Mamlakat Vosiqova va Halima Muhitdinova — o'zbek huquqshunosligi tarixidan munosib joy olgan fozila, oqila va zukko ayol sudyalarimizning ibratli hayoti va serqirra faoliyatiga bag'ishlangan kitob o'zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.