Birlashtirish
Butun respublika bo'ylab 250 dan ortiq ayol sudyani yagona kasbiy hamjamiyatga birlashtiradi.
Zo'ravonlik atrofdagilar sukuti va mazlumlarning qo'rquvi ortiga aslo yashirina olmasligi kerak.
Toshkentda 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag'ishlangan tantanali uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva ushbu tantanali uchrashuvda ishtirok etdi va ayol sudyalar hamda sud veteranlariga davlat mukofotlarini topshirdi.
Mamlakatimiz tarixida ilk bor O'zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar va bolalarni zo'ravonlik hamda tazyiqlardan himoya qilishga qaratilgan muhim farmon qabul qilindi. Bu – inson taqdirini barbod qilib, jinoyatini «an'ana» niqobi ostiga yashirishga urinayotgan kimsalarga qarshi murosasiz qadamdir.
Bunga erishish uchun sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi va tergovga qadar tekshiruv organlari faoliyatining samaradorligi yanada oshiriladi hamda zo'ravonlikning har qanday holatiga real huquqiy baho berilishi ta'minlanadi.
Bizning missiyamiz
Butun respublika bo'ylab 250 dan ortiq ayol sudyani yagona kasbiy hamjamiyatga birlashtiradi.
Ayollar, voyaga etmaganlar, imkoniyati cheklangan shaxslar va boshqa himoyaga muhtoj aholining huquqlarini himoya qiladi.
Ta'lim, murabbiylik va xalqaro tajriba almashish orqali sudyalarning kasbiy salohiyatini rivojlantiradi.
0
21%
Jinoyat ishlari
0
55%
Fuqarolik ishlari
0
15%
Iqtisodiy ishlar
0
9%
Ma'muriy sudlar
Assotsiatsiyamiz barcha ayol sudyalarni birlashtirish, ularning kasbiy mahoratini oshirish va adolatli sud tizimini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Biz huquq va tenglikni himoya qilish yo'lida birgalikda harakat qilamiz. Har bir ayol sudya mamlakatimiz huquqiy tizimining mustahkam asosi va kelajak avlod uchun ibrat namunasi hisoblanadi.
Malikaxon Pirnazarovna Qalandarova
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi o'rinbosari