#SAYYOR_SUD

#SAYYOR_SUD

🏢Tomdi Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Jinoyat ishlari  bo‘yicha Tomdi tuman sudi tomonidan “__Sayyor sud”__majlisi tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda sud-huquq tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
🏛 ⚖
Sayyor sud jarayonida sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi ochiq tarzda namoyish etildi. Sudya tomonidan ish holatlari, jinoyatning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari va qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil tushuntirish berildi.
O‘quvchilar sud jarayonini bevosita kuzatib, sud muhokamasi qanday tartibda o‘tishini, taraflarning huquq va majburiyatlarini hamda qonun ustuvorligining ahamiyatini amaliy misollar orqali ko‘rdilar.
Bunday profilaktik tadbirlar o‘quvchi-yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutib, ularning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi
⏳**__Bizni kuzatishda davom eting__   
**Telegram| Facebook| Instagram