Oliy sud raisining o'rinbosari BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashdi
Bugun Oliy sud raisining o'rinbosari Malika Qalandarova BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii bilan uchrashdi.
Uchrashuvda o'tgan yillar davomida Oliy sud hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda bir qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi e'tirof etildi.
Mamlakatimiz sud tizimi oldida sud-huquq islohotlarini yanada chuqurlashtirish, sudlar faoliyati samaradorligini ta'minlash, ayol sudyalarning o'rnini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini qat'iy kafolatlash bilan bog'liq ulkan vazifalar turgani ta'kidlanib, dunyo standartlariga uyg'un sudlov tizimini yaratishda xalqaro hamkor tashkilotlarning amaliy ko'magi muhim o'rin tutishi qayd etildi.
Muloqotda bu borada BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tadbir va loyihalar amalga oshirish taklifi bildirilib, o'zaro hamkorlik yo'nalishlari belgilab olindi.



