Oilalarni yarashtirish bo'yicha tadbir o'tkazildi
Shahrisabz shahrida oilaviy munosabatlarni milliy urf-odatlarimiz va ma’naviy boy qadriyatlarimiz asosida shakllantirish borasida qator targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Shahrisabz davlat pedagogika institutining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot “Ajrim — yechim emas” mavzusiga bag‘ishlangan.
Tadbirda SHahrisabz shahar hokimi o‘rinbosari M.Almirzayeva, Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari Sh.Hayitova, fuqarolik sudi sudyasi M.Raupov, viloyat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya R.Zoirov, Shahrisabz tumanlararo fuqarolik sudi raisi L.Mahammadiyeva hamda sudya B. Islamov, yarashtirish komissiyasi a’zolari, shahar va tuman IIB mas’ul xodimlari, imom-xatiblar, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari hamda mehnat faxriylari ishtirok etdi.
@keshnews