Tomdi tumanida sayyor sud va huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tomdi tumanida sayyor sud va huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

**
Tomdi tumani “Tomdibuloq” ovul fuqarolar yig‘inida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida sayyor sud majlisi hamda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.**

Tadbirda jinoyat uchun jazo muqarrarligi, fuqarolarning qonun oldidagi javobgarligi haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sudyalar ishtirokchilarga Prezidentning 2025 yil 21 avgustdagi sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga oid Farmoni, gender tenglik va odam savdosiga qarshi kurash masalalari yuzasidan ma’lumot berdilar.

Sayyor sud yakunida 4 nafar shaxs muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.