📌** Bugun Tomdi tumani "Tomdibuloq" OFYda joylashgan 12-sonli maktabda " Rahbar va Yoshlar uchrashuvi" oʻtkazildi.
❇️ Tadbirda bevosita tuman IIB boshligʻi X.N.Jurayev va Jinoyat ishlari bo'yicha Tomdi tuman sudi raisi A.A. Mirzayeva hamda tegishli mas'ullar, oʻquvchi yoshlar hamda Probatsiya hisobida roʻyxatda turuvchi mahkumlar ishtirok etdilar.
✅ Uchrashuvda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-mart kunidagi " Ayollar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonligi" holatlarining oldini olish boʻyicha PF-33-sonli farmonning mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtildi.
✅ Shuningdek, mas'ullar tomonidan yigʻilish ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar" toʻgʻrisidagi Farmon yuzasidan oʻquvchi yoshlarga huquqiy tushunchalar berib oʻtildi.**