Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Qashqadaryo yuridik texnikumida "Sudya va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Qashqadaryo yuridik texnikumida "Sudya va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

⚖️Unda viloyat sudining jinoyat ishlari bo'yicha sudyalari Qambarova Fayoza, Ochilova Maxfirat, fuqarolik ishlari bo'yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi Abdullayeva Risolat hamda texnikum o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.

✅Uchrashuv davomida sud-huquq tizimidagi islohotlar, yoshlarning huquq va majburiyatlari hamda qonunchilikka oid masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda O'zbekiston Respublikasi Ayol sudyalar assotsiatsiyasining faoliyati haqida ma'lumot taqdim etildi.

🔹Uchrashuv yakunida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda ochiq muloqot tashkil etildi.

⚖️@kaslofficial** kanaliga ulaning!

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
**facebook |• youtube | rasmiy sayt |• instagram